.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif; } .p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify; } sf_history Имя автора Фамилия автора Имя книги Дата ru Lib converter jcms http://johncms.com 1.0

book

<p>Juftingizning tuyg‘ulari naqadar jiddiy? Bilishni xohlaysizmi?</p>

Aksariyat insonlarga

muhabbatning o‘zi kifoya

emas, isboti ham kerak. Har

kuni sevishini isbotlasin,

namoyon etsin deymiz. Lekin

gullar, shirinliklar, chiroyli

so‘zlar-u va’dalar har doim ham

jiddiy tuyg‘ularning isboti bo‘la

olmasligini-da bilamiz. Xo‘sh,

yorimiz bizni chindan

sevadimi? Qanchalik sevadi?

Buni bilish uchun quyidagi

savollarga javob berib,

natijalarni hisoblang. Bu haqida

Darakchi.uz nashri yozdi.

1. Yoringiz sizga e’tiborini

qanday namoyon qiladi?

a) qimmatbaho sovg‘alar beradi

(3)

b) tez-tez restoranlarga taklif

qiladi (2)

v) gullar sovg‘a qiladi (5)

g) mening hamma

harajatlarimni ko‘taradi (1)

2. U biron joyga birga borishni

taklif qildi. Siz esa kayfiyatingiz

yo‘qligini aytib rad etdingiz.

Shunda u…

a) sizni ko‘ndirishga uzoq

urinadi (2)

b) xafa bo‘ladi (5)

v) kayfiyatingizni ko‘tarishga

harakat qiladi (2)

g) rad javobingizni xotirjam

qabul qiladi (1)

3. Yoringiz siz uchun o‘z

xobbisidan voz kechishi

mumkinmi?

a) u allaqachon shunday qilgan

(1)

b) murosa variantini topishga

harakat qiladi (4)

v) uzog‘i bilan bir-ikki marta

sizga yon bosishi mumkin (2)

g) yo‘q, xobbisi uning uchun

juda qadrli (1)

4. Siz uning avvalgi

muhabbatlari haqida…

a) hamma narsani bilasiz (4)

b) taxminan bilasiz (2)

v) hech nimani bilmaysiz (3)

g) yoringiz ulardan qochib

yurganini bilasiz (0)

5. U siz bilan dam olish uchun

biror joyga borishni

muhokama qiladimi?

a) ha, qayerga borishni birga

hal qilamiz (7)

b) qayerda dam olishni siz hal

qilasiz, u doim rozi bo‘ladi (5)

v) dam olish joylari ko‘p

bo‘lganidan o‘zining ham boshi

achib ketadi (3)

g) hech qachon ta’tilni

birgalikda o‘tkazmaysiz (1)

6. Gaplashib o‘tirganingizda

birdan telefoni jiringlab qoldi.

Shunda u…

a) sizning oldingizda telefonda

bemalol gaplashadi (5)

b) telefonga qaramay

chaqiruvni rad etish tugmasini

bosadi (4)

v) darrov chetroqqa o‘tib

gaplashishni boshlaydi (1)

g) sizning yoningizda hech kim

unga qo‘ng‘iroq qilmaydi (0)

7. U sizni qaysi obrazda

ko‘rishni yoqtiradi?

a) qulay uychi kiyimda (7)

b) sport kiyimida (4)

v) kechki hashamatli libosda (2)

g) kundalik ish kiyimida (3)

8. Gaplashishga gap

qolmaganda u…

a) shunchaki sizga tikilib

o‘tiradi (7)

b) hazillashishni va latifalar

aytishni boshlaydi (5)

v) sizni nima bilan xafa

qilganini so‘ray boshlaydi (3)

g) televizorga tikilib o‘tiraveradi

(0)

9. Qo‘sha qarish deganda

nimani tasavvur qilasiz?

a) muhabbatingiz hozirgidek

bo‘ladi (5)

b) bir-biringizga qattiq

bog‘lanib qolishingizni (1)

v) yoringiz sizni hozirgidan

ham qattiqroq sevadi (7)

g) qariganda qanday

yashashimizni hozir tasavvur

qila olmayman (0)

Endi ballarni jamlab, natijalar

bilan tanishing.

U SIZNI SEVADI!

54 dan 40 ballgacha. Uning

sizga bo‘lgan sevgisi shu qadar

kuchliki, hayotini sizsiz

tasavvur qila olmaydi. Yotsa

ham, tursa ham xayolida siz.

Sizning kayfiyatingiz – bu

uning kayfiyati. Kulsangiz, u

ham xursand, yig‘lasangiz,

o‘zini qo‘ygani joy topa

olmaydi. U sizni yer-u ko‘kka

ishonmaydi. Balki Farhod

Shirinni shunday sevgandir,

balki Tohir Zuhroni. Xullas,

ertaklarda aytilgan, dostonlarda

kuylangan muhabbat

yoringizning qalbida sizga

nisbatan mavjud. Bu bir

tomondan u insonning ulkan

qalbi borligidan, shu darajada

va shunday go‘zal seva

olishidan dalolat bersa, boshqa

tomondan sizning ham ma’lum

fazilatlarga ega ekaningizni

ko‘rsatadi. Bu baxtga hamma

ham erishavermaydi.

Ammo uning yuragidagi bu

tuyg‘uni bir umrga saqlab

qolish uchun nima qilish kerak?

Yoringizni sizdagi qaysi

fazilatlar maftun etganini

yaxshi bilsangiz kerak. Ana shu

xususiyatlaringizni hech

qachon yo‘qotmang, aksincha,

rivojlantirib boring. Asosiysi,

samimiy bo‘ling. Chin seva

olgan inson soxtalikni

yoqtirmaydi. Sizga hasadi

kelayotgan dugonalaringizning

mish-mishu g‘iybatlariga

ishonmang. Uni muhabbati

chinligini isbotlashga hadeb

majbur qilmang. Bu tuyg‘udan

bezib qolmasin. Xullas, baxtli

bo‘ling.

TUYG‘ULARINGIZ IMTIHONDA

39 dan 29 ballgacha.

Munosabatlaringizda

muhabbat, mehrdan ko‘ra

ehtirosning o‘rni balandroq.

Ishq boshqa, havas boshqa

deyishadi. Sizlarniki hozircha

bog‘liqlik, o‘rganish va

ehtirosdir. Rashk ham bu

o‘rinda katta o‘rin tutadi.

Yoringiz sizni qattiq rashk qilsa

kerak. Ammo bu hali to‘kis

muhabbat degani emas.

Tuyg‘ularingiz ko‘p

chig‘iriqlardan o‘tishi,

toblanishi, chiniqishi kerak.

Balki u sizga o‘zi istab emas,

ota-onasining taklifi bilan

uylangandir. Balki bir-ikki ko‘rib

yoqtirib qolgan-u, taqdir

yo‘llarini bog‘lagan.

Yoki uylanish payti kelgani

sababli oila qurgan. Xullas,

ko‘ngillarga muhabbat urug‘i

ekilgani rost. Lekin bu niholni

parvarishlab voyaga yetkazish

va ulkan daraxtga aylantirish

o‘z qo‘lingizda. Yoringiz bilan

ko‘proq suhbatlashishga, uni

tushunishga, qiyin daqiqalarda

esa qo‘llab-quvvatlashga

harakat qiling. Unga ishoning,

nafaqat uning sadoqatli yor

ekaniga, balki kelajagi porloq,

qo‘lidan hamma ish keladigan

inson ekaniga ham ishoning.

Erkaklar ularga ishongan

ayollarga ipsiz bog‘lanib

qoladilar. Siz undagi o‘ziga

bo‘lgan ishonchni o‘stiruvchi

manba bo‘ling. Shunda uning

tuyg‘ulari yanada teranlashadi,

sizga nisbatan muhabbati

ortadi.

SIZDA KO‘NGLI BORU AMMO…

28 dan 15 ballgacha. Yoringiz

bir tomondan sizni qattiq sevib

qolishdan qo‘rqsa, boshqa

tomondan sizni yo‘qotishni

ham istamaydi. Uning qalbida

o‘ziga yarasha o‘rningiz borligi,

shubhasiz. Ammo bu o‘rinning

chuqurlashib borishidan u

xavotirda. Balki birovni sevib

o‘rganmagandir, balki kimnidir

qattiq sevib kuygandir. Xullas,

uning sizdan emas, muhabbat

degan tuyg‘udan xavfi bor. Siz

borini boricha qabul qiling.

Albatta, tug‘ularini

qizg‘anayotgan yoringizni shu

holiga tashlab qo‘ying

demaymiz. Munosabatlar

ustida, agar ularda bittagina

yorug‘ nuqta bo‘lsa ham,

ushlash kerak.

Undan hozircha o‘zida yo‘q

narsani talab qilmang, o‘zi qodir

bo‘lmagan tuyg‘uni tuymaydi

baribir. Yaxshisi, o‘z ustingizda

ishlang. Bo‘lar-bo‘lmasga

bo‘yniga osilib, sevasizmi deb

so‘rayvermang. Orastalik,

go‘zallik, tadbirlilik va farosat

doim qadrda bo‘lgan. U sizda

shu xususiyatlarni ko‘rsa, mehri

ortadi. Qo‘lingizdan kelsa, unga

do‘st bo‘ling, eplolmasangiz yo

istamasangiz, hech bo‘lmasa

begonaga aylanib qolmaslikka

harakat qiling. Unutmang, u

xotirjamlik va iliqlik istab sizga

talpinadi, sizni shu sababli

yo‘qotishdan qo‘rqadi. Sizdagi

shu iliqlik uning qalbidagi

tuyg‘ularini ulkan muhabbatga

aylantirsa, ne ajab.

MUNOSABATLARINGIZ

ChIGALLAShGAN

6 dan 14 ballgacha.

Yoringizning tuyg‘ulari ancha

susayib, muhabbat olovi tafti

pasaygan. Buning sabablarini

o‘zingiz yaxshi bilsangiz kerak.

Balki maishiy muammolar, balki

munosabatlardagi taranglik va

yoki boshqa sabablar… Nima

bo‘lganda ham endi siz

munosabatlaringizni saqlab

qolishga jiddiy kirishishingiz

kerak. Muhabbat har narsaga

qodir deyishadi. Ammo ba’zida

bir-birini qattiq sevgan insonlar

ham birga yashay olishmaydi.

Sizlarda esa muhabbatning o‘zi

yordamga muhtoj. Yoringizga

ko‘proq e’tibor bering,

o‘zingizga ham. Sizdan nima

xato o‘tgan bo‘lsa, tuzating.

Undan o‘tganlarini esa

kechiring. Albatta, bu inson

sizga kerak va qadrli bo‘lsa.

Shahina tayyorladi

© XXXDOM.RU - скачать порно на телефон