.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif; } .p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify; } sf_history Имя автора Фамилия автора Имя книги Дата ru Lib converter jcms http://johncms.com 1.0

book

<p>Biz ular oldida kambag‘alroqmiz…</p>

Bir kuni boy kishi farzandiga

kambag‘allikda yashash

qanday bo‘lishini

ko‘rsatmoqchi bo‘libdi. Uni

chekka bir qishloqqa olib borib,

u yerda bir necha muddat

birga yashashibdi. Keyin uyga

qaytishgach, ota o‘g‘lidan

so‘rabdi:

–Xo‘sh o‘g‘lim, kambag‘allikda

yashash nima ekanligini

tushunasanmi?

–Ha ota!

–Bizning sayohatimiz senga

nimadir o‘rgatdimi?

–Juda ko‘p narsa o‘rgatdi…

–Masalan nima o‘rganding?

–Men ulardek yaxshi va boy

insonlarni hali

uchratmaganimni tushundim!

–Boy!? – ota hayron bo‘libdi.

–Ha ota, boy. Qarang, bizning

uyimizda bitta it yashaydi,

ularnikida esa to‘rtta. Bizning

dalahovlimizda basseyn bor,

ularda esa keng dengiz. Bizda

kichik bog‘, ularda esa cheksiz

o‘rmon. Bizda tunni fonarlar

yoritadi, ularda esa yulduzlar…

–Axir, bizning oilamizda

hamma narsa yetarli-ku! – ota

yana savol beribdi.

–Ko‘rinishidan shunday… Bizga

har doim nimadir yetishmaydi,

ular esa boriga qanoat

qilishadi. Biz ular oldida

kambag‘alroqmiz…

© XXXDOM.RU - скачать порно на телефон