.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif; } .p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify; } sf_history Имя автора Фамилия автора Имя книги Дата ru Lib converter jcms http://johncms.com 1.0

book

<p>"Rishta..." yig'lamaslikni iloji yõq</p>

Atrofdagi hamma qizlarda

bordek tuyulgan pushti rangli

römolcham bölishini xohlardim.

Shuning uchun, bir kuni

otamning chöntagidan 50 sent

pul ög'irladim. Otam buni bilib

qolgach, nihoyatda darg'azab

böldi. U meni va mendan uch

yosh kichik ukamni devor

yoniga turg'azib qöyib,

bambukdan yasalgan xivichni

qöliga oldi.

- Pulni kim ög'irladi,- söradi

bizdan.

Qörqqanimdan miq etmay

turardim. Ikkimizdan ham sado

chiqmagach, otam shunday

dedi:

- Yaxshi, hech kim tan olmasa,

ikkalangiz ham kaltaklanasiz!

U xivichni havoga kötarganida,

tösatdan ukam uning qöllariga

yopishdi:

- Ota, pulni men olgandim, -

dedi u qat'iy ohangda.

Bir zumda uyni uning badaniga

ketma-ket urilayotgan kaltak

ovozi tutib ketdi. Otam

charchaguncha ukamni

savaladi va keyin polga ötirib,

unga shuday dedi:

- Halitdan öz uyingdan

ög'irlashni örgangan bölsang,

kelajakda qanday yomon ishlar

qilishing mumkinligini

öylashga ham qörqaman.

Aslida, ölguningcha urishim

kerak edi. Uyatsiz!

Öshanda tun böyi, oyim bilan

men ukamning jarohatga tölib

ketgan va qon oqayotgan

tanasini bog'lab chiqdik. Yarim

tun bölganida, men ovoz

chiqarib yig'lab yubordim.

Ukam kichkina qöllari bilan

og'zimni tösdi va shunday

dedi:

- Opa, boshqa yig'lama.

Hammasi ortda qoldi. Boshqa

og'rimayapti...

Haligacha öshanda qilgan

ishimni tan olmaganim uchun

vijdonim qiynaladi. Köp yillar

ötgan bölsada, meni himoya

qilgan ukamning kaltakdan

qizarib ketgan tanasi köz

öngimdan ketmaydi. Ösha yili

ukam 8, men esa 11 yoshda

edim...

Ukam örta maktabni tugatgach,

shahardagi yuqori maktabga

qabul qilindi. Shu bilan bir

vaqtda men ham universitetga

kirish imtihonlaridan

muvaffaqiyatli ötdim. Ösha

tunda, otam rosa köp öylanib

qoldi, ketma-ket sigareta

tutatdi.

Oyimdan shunday deb

sörayotganlarini eshitdim:

- Ikkala farzandimiz ham

yaxshi ball oldimi? Juda yaxshi

ball-a?

Oyimning közlariga yosh

quyildi va söradi:

- Endi nima qilamiz? Qanday

qilib ularning ikkisini ham bir

vaqtda moliyaviy

ta'minlaymiz?

Shu vaqtda tashqaridan ukam

kelib qoldi. U otamning

qarshisiga kelib shunday dedi:

- Ota, men öqishni davom

ettirishni xohlamayman.

Keragicha öqib böldim.

Otam unga tarsaki tushirdi.

- Shunchalik ham noshukr

bölasanmi? Agar köchada

tilanchilik qilishimga tög'ri

kelsa ham, ikkalangizga kerakli

pulni topib beraman, toki

öqishingiz tugagunicha...

Keyin otam qishloqdagi hamma

eshikni taqillatib qarz sörab

chiqdi.

Ukamning qizargan yuzini

silab, unga shunday dedim:

- Ög'il bolaning öqishi, qiz

bolanikidan köra muhimroq,

chunki ög'il bola qachondir bir

oilani boqishi kerak böladi...

Shu bilan, universitetda

öqimaslikka qaror qildim. Ertasi

kuni tong saharda ukam bir

necha zarur kiyimlari va ozroq

quritilgan loviya olib uydan

ketib qolganligini hech kim

sezmay qoldi. U yostig'im

ustida xat qoldiribdi:

- Opa, universitetga kirish oson

emas. Men ish topaman va

senga pul yuborib turaman...

Xatni qölimdan qöymay,

ovozim chiqmay qolgunicha

yig'ladim... Ösha yili ukam 17,

men esa 20 yoshda edim...

Otam qishloqdagilardan qarz

olgan va ukam sement

zavodida ishlab, menga

yuborib turgan pullar evaziga

öqishimning uchinchi yiliga

ham yetib bordim. Bir kuni

xonamda dars qilib

ötirganimda xonadoshim kirib

keldi va tashqarida meni bir

hamqishlog'im

sörayotganligini aytdi. Nega

meni hamqishlog'im qidirib

keldi ekan, deb öylab

tashqariga chiqdim va ukamni

kördim. Uning ust-boshi kir

bölib ketgan, hammayog'i

sement changiga qoplangan

edi. Undan söradim:

- Nega xonadoshimga ukam

ekanligingni aytmading?

U jilmayib qöydi va javob

berdi:

- Körinishimga qara. Ular ukang

ekanligimni bilishganida nima

deb öylashardi? Ustingdan

kulishlarini xohlamadim...

Közlarimga yosh quyildi. U

sezib qolmasligi uchun egnidag

changlarni qölim bilan

supurgan böldim va bög'iq

ovozda shunday dedim:

- Menga odamlar nima

deyishining ahamiyati yöq.

Körinishing qanaqa bölishidan

qat'iy nazar sen mening

ukamsan.

U paketdan kapalak shaklidagi

sochga qadaladigan

tög'nag'ichni olib, sochlarimga

qadab qöydi:

- Shahardagi hamma qizlarda

shunaqasi bor ekan. Sen ham

taqsang, yarashadi, deb

öyladim...

Ortiq chidab turolmadim. Uning

qöllarini quchib yig'lab

yubordim... Ösha yili ukam 20,

men esa 23 yoshda edim...

Yigitimni birinchi marta uyga

taklif qilganimda uyimizning

singan derazasi

ta'mirlanganligini payqadim.

Hovlimiz ham astoyidil

tozalangan edi.

Yigitim ketgach, oyimning

yonida yosh qizlarga öxshab

raqsga tushdim:

- Oyi, hovlini tozalash uchun

buncha vaqtingizni sarflash

shart emasdi!

Oyim kulib javob berdi:

- Buni ukang qildi. Ishdan atay

erta kelibdi. Deraza oynasini

almashtirayotganida qölini

kesib oldi, hali körmadingmi?

Ukamning xonasiga bordim.

Uning yuziga qarab yuragimda

osmon qadar mehr tuydim.

Uning qöliga ozroq malham

qöyib, bint bilan bog'ladim.

- Og'riyaptimi,- söradim undan.

- Yöq, bilasanku, beton

zavodida oyog'imga köp marta

tosh tushib ketadi. Örganib

qolganman bunaqa

hodisalarga...

U gapirishdan töxtagach,

ögirilib yana yig'lab yubordim.

Öshanda ukam 23, men esa 26

yoshda edim...

Turmushga chiqqanimdan

söng, shaharda yashay

boshladim. Turmush örtog'im

köp marta ota-onamga biz

bilan yashashni taklif qilidi,

biroq ular unamadi. Qishloqdan

ketish ular uchun qulay

emasligini aytishdi. Ukam ham

ularning fikriga qöshildi:

- Opa, sen hozir qaynona-

qaynotangni xizmatini qil. Ota-

onamizga özim shu yerda

qaray olaman.

Turmush örtog'im fabrikada

direktor bölib saylangach,

ukamdan fabrikada menejer

bölib ishlashini söradik. Ammo

u taklifimizni rad qildi.

Bir kuni u ishlaydigan zavodda

köngilsizlik yuz berib, ukam

kasalxonaga tushib qoldi.

Turmush örtog'im bilan uni

körishga borganimizda, oyog'i

gipslangan ukamni körib

hasrat qildim:

- Nega menejer bölishni

istamading, bunaqa xavfli

ishdan ming marta yaxshiku?

Ahvolingga qara!

U jiddiy tabassum bilan javob

berdi:

- O'zing öylab kör, pochcham

endigina direktor böldi, men

bölsam öqimaganman. Meni

menejerlikka tavsiya qilsa,

atrofda har xil gaplar

köpayardi. Kelajagingizni xavf

ostiga qöygim kelmadi.

- Biroq, sen faqat men tufayli

öqiy olmading-ku?!

- Ötmish haqida gapirib nima

qilasan,- kulib qöydi u.

Ösha yili ukam 26, men esa 29

yoshda edim...

Vaqt ötdi. Bir yili ukam

qishloqdagi fermerning qiziga

uylandi. Töy marosimida,

boshlovchi undan söradi:

- Kimni hammadan ortiq

sevasan va hurmat qilasan?

U öylab ham ötirmasdan

"Opamni" deb javob berdi va

yig'ilganlarga men umuman

eslolmagan bir voqeani aytib

berdi:

- Bolaligimizda boshlang'ich

maktabga borish uchun

boshqa qishloqqa

qatnashimizga tög'ri kelardi.

Har kuni opam bilan men

maktabga borish va uyga

qaytish uchun 2 soat piyoda

yurardik.

Bir kuni qölqopimning bir

poyini yöqotib qöydim.

Shunda opam özining bir

qölidagisini yechib menga

berdi va uzoq yölni bir poy

qölqop bilan bosib ötdi. Uyga

kelganimizda, uning qöllari

sovuqdan shishib ketgandi.

Keyin u ancha vaqt qalam

ushlay olmadi. Ösha kundan

boshlab umrimning

söngigacha opamga g'amxörlik

qilishga va doim unga yaxshi

bölishi uchun harakat qilishga

özimga söz berdim...

Yig'ilganlar örinlaridan turib

qarsak chaldilar va ögirilib

menga qaray boshladilar.

Zörg'a shu sözlarni ayta oldim:

- Butun hayotim uchun eng

köp ukamga rahmat aytishim

kerak...

Közlarimga quvonch yoshlari

quyilib kelardi.

Ösha yili ukam 30, men esa 33

yoshda edim...

© XXXDOM.RU - скачать порно на телефон